Linux kataloglar tuzilishi

Linux tizimida barcha fayl va kataloglar yagona ildiz katalogi / ostida joylashadi.

  • /etc — tizim va xizmatlarning konfiguratsiya fayllari.
  • /home — oddiy foydalanuvchilarning shaxsiy kataloglari.
  • /var — loglar, navbatlar va o‘zgarib turadigan ma’lumotlar.
  • /usr — dasturlar, kutubxonalar va umumiy resurslar.
  • /tmp — vaqtinchalik fayllar.
  • /root — root foydalanuvchisining uy katalogi.

Amaliy buyruqlar

pwd
ls -lah /
ls -lah /etc
du -sh /var/log

pwd joriy katalogni ko‘rsatadi, ls -lah yashirin fayllarni ham chiqaradi, du -sh esa katalog hajmini jamlab ko‘rsatadi.

Mashq

/etc, /home va /var/log kataloglarini ko‘rib chiqing. Ularning vazifasini o‘z so‘zingiz bilan izohlang.